“Bizning institutda korrupsiyaga o‘rin yo‘q!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

08-Jul-2023 1725

Joriy yilning 5-iyul kuni O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari uchun “Bizning institutda korrupsiyaga o‘rin yo‘q!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Bobomurodov, yakuniy nazorat imtihonlarida adolat va shaffoflikni ta’minlash, ushbu jarayonlarda korrupsion holatlarga yo'l quymaslik lozimligi haqida so‘z olib bordi. Bundan tashqari, 2023-2024 o‘quv yillari uchun qabul jarayonlariga, xususan kasbiy-ijodiy imtihonlarga noqonuniy aralashmaslik lozimligi to‘g‘risida ogohlantirib, bu kabi noqonuniy xatti-harakatlar uchun qonuniy jazo choralari belgilanganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuv so‘ngida oliy ta’lim tizimida uchrayotgan korrupsion holatlar to‘g‘risidagi maxsus film yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.

 

Axborot xizmati

1