Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va Minin nomidagi Nijegorod davlat pedagogika universiteti hamkorligi yanada kuchaytiriladi

26-Sep-2023 58316

Bugun institutimizga Minin nomidagi Nijegorod davlat pedagogika universiteti xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Liliya Yerushkina boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama etilgan uchrashuvda Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabalarining 2+2 dasturi boʻyicha oʻqitish, magistratura va doktorantura bosqichida taʼlim olish uchun hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar koʻrib chiqildi. Liliya Yerushkina institutimiz haqida iliq fikrlar bildirdi. Shuningdek, tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning debochasi sifatida memorandum imzoladilar.

Shuningdek, delegatsiya aʼzolariga talabalarimiz tomonidan qoʻl mehnati asosida tayyorlangan koʻrgazmali buyumlar namoyish etildi.

 

Axborot xizmati

1