Yaqinda bo‘lib o‘tgan Qoraqalpog‘istondagi noxush voqealar barchamizni birdek tashvishga solib qo‘ydi. Uzoq yillar davomida bir tan-u bir jon bo‘lib, bir mayizni qirq bo‘lib yegan ikki millat o‘rtasiga nizo urug‘ini sochmoqchi bo‘lgan manqurt kimsalar yoki aytish joiz bo‘lsa fikri buzuq oqimlar o‘zlarining qabih rejalarini amalga oshira olmadilar. Ayni kunlarda, mamlakatimizda sodir bo‘layotgan siyosiy jarayon: Konstitutsion yangilanishlarni noto‘g‘ri talqin etib, bir umr biz bilan og‘a-ini bo‘lib hayot kechirib kelgan Qoraqalpoq xalqining beg‘ubor ko‘ngliga yot g‘oyalar bilan ta’sir etishga urinishlarni hech qanday oqlab bo‘lmaydi.
Davlatimizning asosiy ustuni bo‘lgan, insonlarning haq-huquqlari mustahkam ta’minlangan konstitutsiyamizga kiritilayotgan islohotlarning asosiy negizida inson qadri uchun tamoili ostidagi o‘zgarishlar, o‘ylaymanki, hech bir mamlakatda e’tirof etilmagan bo‘lsa kerak.
Biz bilamizki, Qoraqalpoq xalqi juda mehnatkash, odamlari samimiy, mehr oqibatni unutmaydigan xalqdir. Shu boisdan bebabo mustaqillik deb atalmish ne’matimizga dahl qilishga, ichki siyosatimizga aralashishga hech bir millatning, hech bir xalqning yoki hech bir buzg‘unchi g‘oyali yasama tashkilotlarning haqqi yo‘q.
Tobora gullab yashnayotgan, osmono‘par binolar qad ko‘tarayotgan, insonlarning ertangi kunga ishonchi ortayotgan ayni bir damda bunday bo‘hton-u yolg‘onlarga aldanib qolmaslik, o‘z xalqini, o‘z millatini “birovlarning” gapiga ishonib oyoq osti qilmaslik lozim.
Ko‘pmillatli xalqimizning uzoq yillardan beri saqlanib kelayotgan tinchligiga va osoyishtaligiga ilohim ko‘z tegmasin. Zero biz bir yurtning farzandimiz – bir xalqmiz!
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti direktori,
professor Begmatov Akram Xasanovich
Address: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz