Endilikda rektorga anonim shaklda murojaat yo‘llashingiz mumkin

07-Feb-2023 2427

Hurmatli talabalar!

Endilikda, institutimiz rektoriga to’g’ridan-to’g’ri murojaat yo‘llashingiz mumkin!

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Safarov Akbar Raxmanovichga talabalar va ularning ota-onalari tomonidan to’g’ridan-to’g’ri murojaat yo’llash imkoniyati yaratildi.

O‘quv jarayonlari, ilmiy innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash,  institutimizning ta’lim sifati va samaradorlik ko‘rsatkichlarini yanada  oshirish hamda rivojlantirishga qaratilgan takliflar, tavsiyalar, g‘oyalar va savollarni ushbu @uzfirektorBot orqali yo‘llashingiz mumkin.

Institut rivojiga hissa qo'shadigan har bir taklif, innovatsion g‘oyalar va savollar rektor tomonidan ko'rib chiqiladi va albatta hech biri e'tibordan chetda qolmaydi.

 

Axborot xizmati

1