Hurmatli talabalar!
Endilikda, institutimiz rektoriga to’g’ridan-to’g’ri murojaat yo‘llashingiz mumkin!
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Safarov Akbar Raxmanovichga talabalar va ularning ota-onalari tomonidan to’g’ridan-to’g’ri murojaat yo’llash imkoniyati yaratildi.
O‘quv jarayonlari, ilmiy innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, institutimizning ta’lim sifati va samaradorlik ko‘rsatkichlarini yanada oshirish hamda rivojlantirishga qaratilgan takliflar, tavsiyalar, g‘oyalar va savollarni ushbu @uzfirektorBot orqali yo‘llashingiz mumkin.
Institut rivojiga hissa qo'shadigan har bir taklif, innovatsion g‘oyalar va savollar rektor tomonidan ko'rib chiqiladi va albatta hech biri e'tibordan chetda qolmaydi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz