Institutimizning jismoniy madaniyat, sport va maktabgacha ta’lim fakulteti, sport faoliyat - kurash ta’lim yo‘nalishining sirtqi shaklida tahsil oluvchi talabasi Ruslan Zakirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Ruslan Zakirov 1995-yilda Samarqand viloyati Samarqand shahrida tavallud topgan. Aralash jang san’ati va kurashning Djiu Djitsu, Kambat aikido jangovar yakka kurash turlari bo‘yicha ko‘p karra O‘zbekiston chempioni, Jahon kubogi sohibi. Shuningdek, 2022-yil 13-fevralda o‘tkazilgan MMA (aralash jang san’ati)ning AMT yo‘nalishi bo‘yicha Xalqaro ochiq turnirning mutlaq g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va xabar berish bo‘limi texnigi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Talabamizni ushbu nufuzli davlat mukofoti bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusi faoliyatiga omad tilaymiz!
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz