Jismoniy madaniyat, sport va Maktabgacha ta'lim fakulteti
Normo‘minov Sherzod To‘ychiyevich
Jismoniy madaniyat, sport va maktabgacha ta'lim fakulteti dekani
Dotsent
| Qabul vaqti |
Dushanba–Shanba soat 8:00 dan 16:00 gacha |
| Tel: |
+998 (66) 222-69-27 |
| Fax: |
+998 (66) 222-69-27 |
| E-mail: |
normuminovsh@mail.ru |
| Telegram: |
@normuminov; |
| Manzil: |
Samarqand viloyati Pastdarg’om tumani Olmazor ko‘chasi 31 uy |
Jismoniy madaniyat, sport va Maktabgacha ta'lim fakulteti
-
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining “Jismoniy madaniyat, sport va maktabgacha ta’lim” fakulteti Institut Kengashining 2023-yil ___-avgustdagi qarori bilan qayta tashkil etildi. Bungacha “Aniq va tabiiy fanlar, jismoniy madaniyat” deb atalib, 2021-yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan edi. Fakultet 2 yilda katta natijalarga erishdi, kelgusida ham o‘zining faoliyatida ulkan marralarni zabt etishga tayyor.
-
2021-2022-yillarda fakultetni prof.B.T.Haydarov, 2023-yildan hozirgi paytgacha dots.Sh.T.Normo’minov dekan sifatida boshqarib kelmoqda. Dastlab fakultetda Aniq fanlar, Tabiiy fanlar, Jismoniy madaniyat yo’nalishlarida xalq ta’limi sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash yo’lga qo’yildi. 2023-2024 – o’quv yilidan boshlab Maktabgacha ta’lim yo’nalishi fakultetga biriktirildi va Aniq falar va Tabiiy fanlar yo’nalishlari alohida fakultet bo’lib shakllantirildi. Shundan so’ng Fakultetda Jismoniy madaniyat, Sport faoliyati va Maktabgacha ta’lim yo’nalishlari faoliyat yuritmoqda.
-
Fakultet respublikamizning xalq ta’limi tizimi uchun yuksak salohiyatli, malakali kadrlarni tayyorlashda yetakchilar qatorida bo’lib, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-pedagogik rivojlanishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
Jismoniy madaniyat, sport va maktabgacha ta’lim fakultetida “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi”, “Sport turlarini o’qitish metodikasi” va “Maktabgacha ta’lim” kabi 3 ta kafedra mavjud bo’lib, bugungi kunda jami 60 nafardan ziyod asosiy va 40 dan ziyod o’rindoshlik asosida malakali professor-o‘qituvchilar jamoasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Kafedra mudirlari:
-
“Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” kafedrasi mudiri – Eshnazarov Jo’raqul Eshnazarovich;
-
“Sport turlarini o’qitish metodikasi” kafedrasi mudiri – Toraqulov Ibrohim Ravshanovich;
-
“Maktabgacha ta’lim” kafedrasi mudiri – Fayzullayev Sharipboy Nurullayevich.
Fakultet professor-o’qituvchilari jamoatchilik asosida quyidagi vazifalarni bajarishmoqda:
-
Fakultet Kengashi raisi – dekan, Normo’minov Sherzod To’ychiyevich;
-
Kengash kotibi – “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti Tursunova Olmos Fayziyevna;
-
Ilmiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari - “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi kata o’qituvchisi Sattorova Sevara Olimovna;
-
Xotin-qizlar kengashi raisi - “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi katta o’qituvchisi Anorqulova Ozoda Nizomjon qizi;
-
Kasaba uyushmasi raisi – “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o’qituvchisi Xodjayorova Sayyora Abdullayevna;
-
O’quv-uslubiy kengash raisi - “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti Qarshiyev Nasriddin Turkashevich;
-
Xalqaro aloqalar bo’yicha mas’ul – “Xorijiy tillar” kafedrasi o’qituvchisi Nizomiddinova Nigora Nizomiddinovna;
-
Iqtidorli talabalar bo’yicha mas’ul – “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi o’qituvchisi Yusupova Sohila Sayfiyevna;
-
Ta’lim sifati va monitoringi bo’yicha mas’ul - “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti Pardayev Zafar Nizomovich;
-
Ilmiy seminar mas’uli - “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o’qituvchisi Bo‘riyeva Feruza Normurodovna;
-
Yoshlar yetakchisi – Abduhakimova Nigora;
-
Matbuot kotibi – Sultonova Shaxzoda Shuxrat qizi;
2023-2024-o‘quv yilida fakultetda tahsil olayotgan 1503 nafar talabalarga 80 dan ortiq professor-o‘qituvchilar amaliy va nazariy bilimlarni berib kelmoqda.
Mashg‘ulotlar televizor, proektor, kompyuterlar bilan jihozlangan 29 ta o‘quv auditoriyalarida tashkil etilmoqda. Shuningdek, fakultet qoshida “Yog’du”, “Notiq pedagog”, “Lingvist” “Iqtidorli talabalar”, “Любители русского языка”, “Методика преподавания русского языка” va “Happy English” kabi bir necha nomdagi to‘garaklar faoliyat olib bomoqda.
Fakultetda 4 ta to’garak, “Zakovat” klubi va “Teatr” jamoasi mavjud.
Fakultet dekani rahbarligidagi fakultet jamoasi yoshlarni bilimli, Vatanga,ota-onaga, hayotga bo‘lgan muhabbatini kuchaytirishni va o’z mutaxassisliklari bo’yicha yetuk kadr qilib tarbiyalashni o’z oldiga maqsad qilishgan.