Ta'lim sifatini oshirish yo‘lida finlandiyalik oʻqituvchilar bilan amaliy qadam

23-Oct-2023 1522

21-oktabr kuni Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shaxzoda Negmatova Finlandiyaning Yuvaskla universiteti professori Petri Lounaskorpi va Helsinki universiteti professori Hanne Kolli bilan uchrashuv oʻtkazdi. 

Muloqot davomida O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga fin mutaxassislarini jalb etish, ularning oliygohimiz professor-o‘qituvchilari va talabalariga nazariya va amaliyot uyg‘unligi borasidagi tajribalarini o‘rgatish tizimini qanday yo‘lga qo‘yish masalasi o‘zaro muhokama qilindi.

Shuning bilan Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shaxzoda Negmatova boshchiligidagi institut delegatsiyasining Finlandiyaga tashrifi yakuniga yetdi.

 

Axborot xizmati

1