21-oktabr kuni Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shaxzoda Negmatova Finlandiyaning Yuvaskla universiteti professori Petri Lounaskorpi va Helsinki universiteti professori Hanne Kolli bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga fin mutaxassislarini jalb etish, ularning oliygohimiz professor-o‘qituvchilari va talabalariga nazariya va amaliyot uyg‘unligi borasidagi tajribalarini o‘rgatish tizimini qanday yo‘lga qo‘yish masalasi o‘zaro muhokama qilindi.
Shuning bilan Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shaxzoda Negmatova boshchiligidagi institut delegatsiyasining Finlandiyaga tashrifi yakuniga yetdi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz