"Yotoqxona mening uyim" shiori ostida o'tkazilgan ko'rik-tanlovlar hamda sport musobaqalarining yakuniga bag'ishlangan konsert dasturi bo'lib o'tdi.

01-May-2022 1485

Joriy yilning 31-may kuni, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida "Yotoqxona mening uyim" shiori ostida o'tkazilgan ko'rik-tanlovlar hamda sport musobaqalarining yakuniga bag'ishlangan konsert dasturi bo'lib o'tdi.

Talaba-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida hamda yurtimizda davom etayotgan "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostidagi yoshlar festivalining mantiqiy davomi sifatida tashkil etilgan galakonsert barchaga birdek manzur bo'ldi.

"Yotoqxona mening uyim" shiori ostida o'tkazilgan ko'rik-tanlovlar hamda sport musobaqalarining taqdirlash marosimi, yotoqxona talabalarining quvonchiga quvonch ulashdi. Turli nominatsiyalarda g'olib bo'lgan talabalar esdalik sovg'alari, medal va diplomlar bilan taqdirlandi.

 

Axborot xizmati

1