O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-dekabrdagi ,,O'zbekiston yoshlar forumi", 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi, O'zbekiston Respublikasi Xavfsizlik kengashining 2021-yil 12-yanvarda o'tkazilgan, kengaytirilgan yig'ilishi hamda 2021-yil 19-yanvarda videoselektr shaklida bo'lib o'tgan Ma'naviyat va ma'rifat kengashi yig'ilishidagi nutqlarida belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish, shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko'maklashish, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish va Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2021-yil 20-martdagi 147-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston - Finlandiya pedagogika institutida tahsil olayotgan fidoyi yoshlardan iborat ,,Qalqon" mobil targ'ibot guruhi 2022-yil 1-noyabrdan o'z faoliyatini boshladi.
“Qalqon” mobil targ'ibot guruhining asosiy vazifalari:
talabalar turar joylari, yotoqxonalar, institut hududlarida jamoat tartibi, xavfsizlik, jamiyatda yurish - turish va axloq-odob, sanitariya va ekalogiya, yong'in va harakat xavfsizligi qoidalariga fuqarolar (talabalar) tomonidan rioya qilinmagan hollarda tegishli organlar bilan birgalikda tushuntirish ishlarini olib borish va tashkil etishda qatnashishi;
“Qalqon" mobil targ'ibot guruhi aʼzolarining majburiyatlari:
--fuqarolar(talabalar) bilan muloqatda vazmin va xushmuomala bo'lish;
--shaxsiy xavfsizlikni taʼminlash qoidalariga rioya etish;
--o'zining ijtimoiy-siyosiy, huquqiy bilimlarini oshirib borish;
--jinoyat va huquqbuzarliklar yoki baxtsiz hodisalar sodir etilganda bu haqda zudlik bilan O'zbekiston - Finlandiya pedagogika instituti profilaktika inspektoriga xabar berish;
--huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga ushbu Nizomda ko'rsatilgan vazifalarni bajarishda ko'maklashish va ularning qonuniy talablarini bajarish.
“Qalqon" targ'ibot guruhi a'zolariga o'zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish vaqtida quyidagilar ta'qiqlanadi:
--spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki odamning aql - irodasiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni isteʼmol qilish;
--huquq - targ'ibot organlari xodimi deb tanishtirish yoki ularning vakolatlaridan foydalanish.
2022 -yil noyabr oyi hisobotida “Qalqon” jamoasi tomonidan jami 74 ta tartibbuzarliklar aniqlandi. Shulardan 24 nafariga ma'muriy bayonnoma, 45 nafariga ogohlantirish xati va 5 nafariga institut ichki qoidalariga rioya etmaganligi uchun intizomiy chora qo'llanildi.
Axborot xizmati
Address: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz