Bugun Samarqand shahridagi yoshlar markazida “Sifatli taʼlim – kuchli jamiyat” shiori ostida II Ustozlar milliy forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda, Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov, Samarqand davlat universiteti rektori, professor R.Xolmurodov, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori, professor Sh.Negmatova va viloyatimizning eng fidoyi va jonkuyar xalq ta’limi vakillari, o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
“Xalq ta’limi sohasida faoliyat olib borayotgan malakali pedagog kadrlarni tayyorlash bevosita pedagogika oliygohlariga bog‘liq” dedi – viloyat rahbari so‘z nutqida.
Shu munosabat bilan, nafaqat Samarqand viloyatida, balki, respublikada yagona bo‘lgan, Finlandiya ta’lim tajribasi asosida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga alohida ishonch bildirildi.
Tadbir so‘ngida, eng fidoyi xalq ta’limi vakillari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz