O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining barcha ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi talabalar uchun “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” tashkil etildi.
Mazkur darslar institutning malakali professor o‘qituvchilari tomonidan olib borilib, Vatanga bo‘ְlgan muhabbatni oshirish, “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” gʻoyasini ilgari surish, “Uchinchi Renessans”, “Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi”, “Yangi O‘zbekiston - 2030” strategiyasi kabi tushunchalarning mazmun-mohiyati, ahamiyati va masʼuliyatini talaba-oʻquvchilar oʻrtasida keng targʻib etishga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, huquqbuzarlikning oldini olish, institut ichki tartib qoidalariga qat’iy rioya etish haqida ham tegishli mutasaddilarning ma’ruzalari tinglandi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz