Atlas – tanda ipi ham, arqoq ipi ham tabiiy ipakdan toʻqiladigan bir yuzlama silliq mato. Tanda ipi abrbandi usulida boʻyab bezatiladi. Alohida ishlov berib Atlasga jilo beriladi, shunga koʻra u tovlanib turadi. Ilgari mato yuziga kudung urilgan, hozirgi kunda Atlas issiq satxli baraban – kalandrdan oʻtkaziladi.
Oʻzbek Atlaslari rang-barang nafis gullarga boy, bu gullar bir-biri bilan uygʻunlashib, matoda yaxlit goʻzal bir naqshni hosil qiladi.
Atlasning tabiiy ipakdan toʻqilgan eng aʼlo navi sakkiz tepkili xonatlas deb ataladi. Xonatlasning barcha siri uning tuzilishi va toʻqilish usulidadir.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz