Maktab taʼlimini rivojlantirish uchun amaliy ishlar olib borilmoqda

28-Oct-2023 8569

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shaxzoda Negmatova Pastdargʻom tumanidagi 100-maktabga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif doirasida oʻquvchilar va ularning ota-onalari, pedagoglar bilan uchrashuv oʻtkazildi. 

Shaxzoda Negmatova yoshlarni ilm olishga, zamonaviy kasblarni oʻrganishga, ota-onalarni oʻz farzandining qiziqishlarini qoʻllab quvvatlashga, bugun oʻqitilgan bola ertaga yurtga ham, ota-onaga ham birdek gʻamxoʻr va masʼuliyatli boʻlishini taʼkidladi. 

Oʻqituvchilar bilan oʻtkazilgan davra suhbatida taʼlimda fin tajribasining muhim jihatlarini joriy etish, oʻzaro ishonch va masʼuliyatga asoslangan ustoz shogird anʼanalarini tiklash hamda ularni amaliyotga tatbiq qilish kabi muhim masalalar yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi.

 

Axborot xizmati

1