General information
Minorov Dilshod Dustmaxammatovich
07.03.1987-yilda Samarqand viloyati Qo`shrabot tumanida tug’ilgan. 1994-2003 yillar maktabni a’lo baholarga tamomladi. 2003-2006 yillarda Qo`shrabod Qishkoq xo`jaligi va kasb-hunar kollejining xo`jalikning huquqiy faoliyati yo’nalishini tamomladi. 2006-2008 yilda “Shumqorbobo” fermir xo`jaligi ish yurituvchisi 2007-2008 yillarda muddatli harbiy xizmatni o`tagan 2008-2009 yillarda Qo`shrabot tuman Bandlikka ko`maklashish markazi huquq maslahatchisi, 2009-2013 yilda Samarqand Davlat Universiteti Milliy g`oya, huquq va ma`naviyat asoslari yo`nalishini tamomladi. 2013-2018 yillarda 1-Samarqand pedagogika kolleji huquqshunoslik fani o`qituvchisi, 2018-2022 yillarda IIV Samarqand akademik litseyi huquqshunoslik fani o`qituvchisi. 05.10.2022 yildan O’zbekiston Finlandiya pedagogika instituti Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti tyutori lavozimida ish faoliyatini yuritmoqda.
Minorov Dilshod Dustmaxammatovich faoliyati davomida muntazam ravishda o‘z ustida ishlaydi. Mas’uliyatli, o‘zi va yonidagilarga nisbatan talabchan. O‘z oldiga qo‘yilgan aniq maqsad bilan harakat qiladi, zimmasidagi vazifalarni o‘z vaqtida bajaradi. Ish faoliyati davomida tashabbuskor, o‘z fikriga ega. Turli masalalarni hal etishda aniq, to‘g‘ri yondasha oladi. Shu bilan birga jamoada sog‘lom muhitni yaratishda ko‘maklashadi. Bu esa xodimga berilgan ijobiy tavsifnoma berilishga asosdir.
Oilali 2 nafar farzandi bor