O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti hamda Rossiyaning V.G.Korolenko nomidagi Глазовский Государственный Педагогический Институт o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

08-Apr-2023 1411

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti hamda Rossiyaning V.G.Korolenko nomidagi Глазовский Государственный Педагогический Институт o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik shartnomasi tuzilgan. Mazkur shartnoma ijrosini ta’minlash hamda yo’llangan taklifnomaga binoan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining “Tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti Haydarov G‘ayrat Shoyimovich mazkur oliy ta’lim muassasasida, Rossiyada bo‘lib qaytdi.

Tashrif chog‘ida o‘tkazilgan muzokaralar davomida har ikkala oliy ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, moddiy texnik bazalarni boyitish, oflayn va onlayn shakldagi malakaviy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan bir qator muhim masalalar muhokama etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutinining 6 nafar talabasi uchun kunduzgi va 2 nafar talaba uchun sirtqi magistratura bosqichida tahsil olish imkoniyati yaratilganligini alohida ta’kidlash joiz.

Tashrif so‘ngida, hamkorlik aloqalari yanada rivojlanishi uchun barcha zaruriy choralarni ko’rishga kelishib olindi.

 

Axborot xizmati

1