Dunyoning nufuzli Top-100 taligiga kiruvchi Seul milliy universiteti va O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida har ikkala mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada kuchaytirish, malakali professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda pedagog kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.
Ma’lumot o‘rnida:
Janubiy Koreyaning poytaxti Seul shahrida joylashgan Seul milliy universiteti (SNU) 1946-yil tashkil etilgan bo‘lib, hozirda ushbu universitetda 28 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. 2021-yil oktabr oyi holatiga ko‘ra, Seul milliy universiteti nufuzi bo‘yicha Janubiy Koreyada 1-o‘rinni, dunyo bo‘yicha esa 36-o‘rinni egallab turibdi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz