O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va Seul milliy universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

14-Aug-2023 17870

Dunyoning nufuzli Top-100 taligiga kiruvchi Seul milliy universiteti va O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida har ikkala mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada kuchaytirish, malakali professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda pedagog kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.

Ma’lumot o‘rnida:

Janubiy Koreyaning poytaxti Seul shahrida joylashgan Seul milliy universiteti (SNU) 1946-yil tashkil etilgan bo‘lib, hozirda ushbu universitetda 28 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. 2021-yil oktabr oyi holatiga ko‘ra, Seul milliy universiteti nufuzi bo‘yicha Janubiy Koreyada 1-o‘rinni, dunyo bo‘yicha esa 36-o‘rinni egallab turibdi.

 

Axborot xizmati

1