O‘zbekiston –Finlandiya pedagogika instituti jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishiga texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o’qishga qabul qilish bo’yicha savollar ro‘yxati

18-Aug-2022 2005

Ushbu savollar majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 17-sonli qarorining 15- bandiga muvofiq tuzuldi.
1.Mamlakatda o‘z sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunish;
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishning mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF-5887-sonli Farmoni mohiyatini yoritib bering va shu asosida amalga oshirilgan islohotlarni izohlang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmoni mohiyatini yoritib bering va shu asosida amalga oshirilgan islohotlarni izohlang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5924-sonli Farmoni mohiyatini yoritib bering va shu asosida amalga oshirilgan islohotlarni izohlang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5148-sonli Qarori mohiyatini yoritib bering va shu asosida amalga oshirilgan islohotlarni izohlang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli Qarori mohiyatini yoritib bering va shu asosida amalga oshirilgan islohotlarni izohlang.
2. Bakalavriat taʼlim yo‘nalishini tanlashda motivatsiya (soha kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish ko‘rsatish);
1. Jismoniy tarbiya va sportda motivatsiyaning ahamiyatini tavsiflang.
2. O‘quvchilarni sport mashg‘ulotlariga tanlash va qiziqishini oshirishda foydalaniladigan usullarga izoh bering.
3. Jismoniy tarbiya va sport faoliyatida psixologik tayyorgarlik mohiyatini yoritib bering.
4. Sportda tanlov o‘tkazish va saralash (seleksiya) ishlarini amalga oshirish jarayonida qo‘llaniladigan metodlarga izoh bering.
3. Shaxsiy-kasbiy xususiyatlar (o‘qishga qobiliyat, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat, intizomlilik, hamjihatlik, masʼuliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi, shuningdek, o‘z ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari);
1. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari jarayonida o‘quvchilarga texnik elementlarni o‘rgatishda qaysi uslubiyatlardan foydalanish zarur?
2. Pedagog-murabbiylarni professional malakasini o‘sishining asoslarini yoritib bering.
3. Pedagogning amaliy tayyorgarligi mohiyatini ta’riflab bering.
4. Pedagog va murabbiylar faoliyatining vazifalarini tahlil qilib bering.
5. Murabbiyning pedagogik xusisiyatlari va qobiliyatlariga ta’rif bering.
6. Murabbiy shaxsiga qo‘yiladigan talablarni sanab o‘ting
7. Murabbiy faoliyatidagi maxsus talablarni yoritib bering.
4. Tanlangan bakalavriat taʼlim yo‘nalishi sohasidagi bilim va kasbiy ko‘nikmalarning mavjudligi.
1. Voleybol sport turidagi mavjud texnik elementlarga tavsif bering.
2. Voleybol bo‘yicha o‘qituvchi-murabbiy qanday ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi lozim?
3. Yosh voleybolchilarga individual taktikani o‘rgatishda qo‘llaniladigan metodlarga tavsif bering. 
4. Yosh voleybolchilarga guruhli taktikani o‘rgatish metodlariga tavsif bering.
5. Voleybolda hujum texnikasi fazalarini tavsiflang.
6. Zamonaviy voleybolga xos hujum zarbalarini tahlil qiling.
7. So‘ngi yillarda voleybol qoidalarida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi, ularni izohlang.
8. Voleybol sport turida mavjud guruhli taktika tushunchasiga izoh bering.
9. Voleybol texnik tayyorgarlik uslublari va vositalari, ularning mohiyatiga izoh bering.
10. Voleybol sport turini o‘rgatish bo‘yicha respublikamiz va xorijiy davlatlar olimlari tomonidan yaratilgan adabiyotlarga tavsif bering.
11. Gimnastika turlariga tavsif bering.
12. Futbol sport turidagi hujum texnikasiga tavsif bering.
13. Futbol sport turidagi hujum taktikasiga tavsif bering.
14. Futbol sport turidagi himoya taktikasiga tavsif bering.
15. Yengil atletika turlariga tavsif bering.
16. Basketbol sport turidagi  hujum texnikasiga tavsif bering.
17. Basketbol sport turidagi hujum taktikasiga tavsif bering.
18. Basketbol sport turidagi himoya taktikasiga tavsif bering.

1