Xitoy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi

27-Sep-2023 45355

Bugun Samarqand viloyatiga Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari - viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qobilov va oliy ta’lim muassasalari mas’ullari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Rustam Qobilov Samarqanddagi oliy o‘quv yurtlarining Xitoy oliy ta’lim muassasalari bilan ijobiy aloqalarga ega ekanligini ta’kidlab, keyingi hamkorlik masalalariga e’tibor qaratdi.

Shuningdek, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shaxzoda Negmatova Xitoy Oliy ta’lim assosiatsiyasi bosh kotibi o‘rinbosari Lui Meng bilan bu borada ikki tomonlama ilmiy aloqalarni mustahkamlash, pedagogik kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida stajirovkalar tashkil etish, "Bir makon - bir yo‘l" dasturi doirasida ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Lui Meng Samarqand haqida o‘zining iliq fikrlarini bildirish asnosida, O‘zbekistonda pedagogik ta’lim sohasidagi olib borilayotgan ishlarni alohida e’tirof etdi.

 

Axborot xizmati

1