Samarqand shahar 47-umumiy o'rta ta'lim maktabi

SamDU O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti kafedra mudiri Normuminov Sherzod to'ychiyevich


.

.

shxtb47@mail.uz

Maktab tarixi


        1936-1937 yillarda Samarqand shahar “Namozgoh”mahallasida joylashgan bo’lib kolxoz  tomonidan hashar yo`li asosida qurilgan.Maktab 30 raqamli o`rta  maktab bo`lib, 8-yillik ta’limga asoslangan.Maktabda maktab hududida joylashgan bolalari bu dargohda ta’lim-tarbiya olishgan.1964 yillarda Samarqand tumaniga qarashli Lutfiy nomli 30-sonli maktab 8-yillik maktab bo`lgan va bu davrda esa Maxmudova Mubarro Maxmudovna maktabga rahbarlik qilgan. Natijada maktabda o`quvchilar soni ko`payib borgach,maktab qo`shimcha binoga ehtiyoj sezgan.Ota-onalar va maktab rahbari Maxmudova Mubarro Maxmudovna yuqori tashkilotlarga murojaatlari bilan,“Garmako” mahallasida  yangi bino qurilgan.                  1965 yilida maktab raqami o`zgartirib,Samarqand tumaniga qarashli Lutfiy nomli 47-sonli o`rta maktab bo’lgan. 1969 yil maktab 10-yillik ta’limga o’tgan.Yana maktab o’quvchilar soni ko`payib,qo`shimcha binoga ehtiyoj sezgan.Maktab rahbari Maxmudova Mubarro Maxmudovna tomonidan yuqori tashkilotlarga murojaatlar bilan chiqib,hozirgi vaqtda maktab joylashgan er uchastkalarini davlat tomonidan ajratib bergan.1982-1985 yillarda maktab rahbari  Abduraximov Rafik Alimovich bo’lgan.1986 yilda yangi uch qavatli bino davlat tomonidan qurib berilgan.1987-1992 yillar maktab rahbari Fuzaylov Erkin Xidirovich rahbarlik qilib kelgan.1992-2014 yillarda maktab rahbari Sodiqov Yakub Alimovich bo`lgan.2004 yil maktab qayta ta’mirlash va rekonstruksiya qilish dasturiga tushgach 2014 yil sobiq maktab rahbari Sodiqov Yakub Alimovich nafaqaga chiqganligi tufayli maktab MMIBDO’ Raxmonova Orasta Amriyevna maktab rahbari deb saylangan.
2016 yil sentyabr oyidan boshlab hozirgacha maktab rahbari Ismatullayeva Shaxnoza Akobirovna ishlab kelmoqda.
2020-2021 yillar davomida  maktab rekonstruksiya qilish dasturi boyicha maktab yangidan ta`mirlandi.2021 yil sentyabr oyidan boshlab maktab zamonaviy sinf xonalarga ega,laboratoriya jihozlari,yangi kompyuter,kutubxona,sport zal va maydonlari mavjud.Maktab tevarak atroflari obodonlashtirilgan,ko`klamzorlashtirilgan,terak,manzarali daraxtlar,gular,mevali daraxtlar bilan o’ralgan.
Shu yillar mobaynida bir qator fidoyi pedagoglar maktabning ta’lim-tarbiya ishlari va rivojiga ulkan o`z hissalarini qo`shishgan.