Samarqand shaxar fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan 43-umum ta’lim maktabi

SamDU O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institut Fakultet dekani Isroil Xayriyev


91-537-00-65

91-537-00-65

43-maktab@mail.ru

Maktab tarixi


     Samarqand shahar xalq ta'limi bo‘limiga qarashli № 43-IDUM  Samarqand shahar “Beruniy” mahallasi Beruniy kuchasi 45 uyda joylashgan. Samarqand shahar 43-sonli IDUMda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan pedagog o‘qituvchilar tomonidan Hukumat qarorlari, O‘zbekiston Respublikasining“Ta'lim to‘g‘risidagi qonuni”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati, Xalq ta'lim vazirligi,  Samarqand viloyat xalq ta'limi boshqarmasi , Samarqand shahar xalq ta'limi bo‘limiga   tegishli qaror va bo‘yruqlar asosida o‘sib kelayotgan yosh avlodga ta'lim tarbiya berib kelmoqda.   
Maktabning birinchi binosining birinchi qismi 1928 yilda , 1-binoning 2 qismi esa 1936 yilda qurilgan.Maktab 1936 yilda qizlar gimnaziyasi maktabi xisoblangan.II jaxon urushi paytida maktab harbiy gospitalga aylantirilgan. Unda yarador harbiylar davolangan.1947 yildan boshlab aralash maktab hisoblanib, qiz va o‘g‘il bolalar tahsil olgan.1971 yildan boshlab maktabga fransuz tilini chuqur o‘zlashtirish maktabi maqomi berilgan.
1984 yilda maktabning ikkinchi binosi qurilib foydalanishga topshirilgan.2018 yilda aloxida binodan tashkil topgan, 240 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan bino foydalanishga topshirilgan.2021 yil 17 sentyabrdan maktabning birinchi va ikkinchi binosida kapital ta'mirlash ishlari boshlandi.Kapital ta'mirlash ishlari “ Kamila” MJCh zimmasiga yuklatilgan.Maktabni qurilish va ta'mirlash ishlari 2022 yil fevral oyida o‘z nihoyasiga yetadi.
Maktabning birinchi va ikkinchi binosida 28 ta sinf xonasi,  12 yordamchi xona , 4 ta ma'muriyat xonasi mavjud. Bulardan bitta kompyuter sinfi, 1 ta fizika xonasi laboratoriyasi bilan, shifokorlar uchun uchun alohida xona va izolyator xonasi mavjud. 
Maktabda majlislar zali mavjud bo‘lib, maktabdagi tadbirlar, yig‘ilishlar shu zalda o‘tishga mo‘ljallangan.Maktabda bitta yopiq sport zal, 3 ta ochiq sport maydonchasi mavjud. Ular futbol, voleybol, basketbol gimnastika bilan shug‘ullanishga moslashgan.
Maktabning uchinchi binosida 10 ta sinf xonasi mavjud bo‘lib, bo‘lar qo‘yidagilar. Harbiy sinfga ixtisoslashtirilgan xona, fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan xona, fizika va kimyo fani xonalari va  laboratoriyalari mavjud,  4 ta boshlang‘ich sinf xonasi va faollar zali, 3 ta ma'muriyat xonasi bor.
2021-2022 o‘quv yilida maktabda 78 nafar o‘qituvchi (3 nafar oliy, 11 nafar birinchi, 10 nafar ikkinchi toifali) pedagog xodimlar  ta'lim tarbiya berib kelmoqdalar. Xozirgi kunda maktabda 1246 ta nafar o‘quvchi taxsil olayotgan bo‘lib, ular 46 ta sinfga biriktirilgan.
Maktabda 14 ta fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan sinf mavjud. Bundan tashqari 2017 yilda maktabda harbiylashtirilgan sinflar tashkil qilindi. Xozirda ular  4 ta sinfni tashkil etadi.2018 yilda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi madam Develmor xonim, Oliy majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari A.Saidov, xalq ta'limi vaziri Sh.Shermatov, viloyat va shahar rahbarlari tashrif buyurib, maktabga Fransiyalik taniqli tarjimon olim, tarixshunos buyuk sohibqiron “ Amir Temur tuzuk” larni tarjima qilib, Amir Temur hayotida izlanishlar olib borgan va Amir Temur kitobini nashr etgan “LYuSEN KEREN” nomini berishdi.Fransiya davlatining “ Sarbonna” universiteti bilan 2018 yil 43-IDUM o‘rtasida shartnoma tuzildi.Shartnoma asosida Sarbonna universiteti talabalari tajriba almashish maqsadida 2019 yil maktabga tashrif buyurishdi.  2 nafar xorij talabari bir oy davomida maktabda faoliyat olib borishdi. Ular bu yerda dars berish uslublarini o‘rganishdi. Samarqand tarixi, o‘zbek oilalarining yashash sharoiti bilan tanishishdi.43-IDUM o‘qituvchilari Sanakulov Jaxongir, Zaynieva Maxbuba va Gurshumova Yelena “ yeng yaxshi ESSE”ko‘rik tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Fransiya davlatida malaka oshirib qaytishdi.43-IDUM va Samarqand davlat chettillar instituti , Samarqand davlat universiteti bilan to‘la ixtiyoriyligi va teng huquqligi asosida, o‘quv-uslubiy va ilmiy amaliy hamkorlikni amalga oshirish xamda ta'lim sifati vsamaradorligini oshirish maqsadida hamkorlik shartnomalari tuzilgan.Chet tili va SamDUning xorijiy tillarini o‘rganuvchi, xususan fransuz tili kulliyotida o‘qiyotgan talabalar o‘z amaliyotlarini maktabda o‘tkazayaptilar.
Maktabimiz fransuz tili o‘qituvchilari V2,S1 darajalarga ega.Har yili o‘tkazilayotgan CEFRE, TSF xalqaro ko‘rik tanlovlarda test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishmoqda. Shu jumladan DEL-DELF dimlomiga ega bo‘lishdi. Sanakulov Jaxongir S1,Chasovskix Natal'ya 2020 yil DELF, Zaynieva M.A 2021 yil TSF, Gurshumova Ye 2018 yil TSF . Maktabimiz Fransiya elchixonasi tomonidan Toshkent shaxrida o‘tkazilgan Xalqaro “ FRANKOFONIYA” festivalida maktab o‘quvchilari faol ishtirok etib, “ MOLYER” sovriniga ega bo‘ldi. 
Yillar davomida Fransuz tili bo‘yicha o‘tkazilgan shahar, viloyat hamda Respublika fan olimpiadalarida maktab o‘quvchilari ishtirok etishib faxrli 1,2,3-o‘rinlarni egalashib xalq ta'limi vazirligi, viloyat boshqarmasi, XTB shahar bo‘limi diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib kelishmoqda.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiSh.M.Mirziyoevtomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus” doirasida to‘garaklar tashkil etilgan.  Bu to‘garaklar 24 tani tashkil etadi. Bulardan 13 ta fan to‘garagi , 3 ta sport to‘garagi, 8 ta ijtimoiy madaniy to‘garaklar mavjud.Samarqand shahar XTB tomonidan umumiy o‘rta ta'lim maktablar o‘rtasida  o‘tkazilgan “Besh muhim tashabbus” bo‘yicha tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy-madaniy tadbirlarda to‘garak  a'zolari faol ishtirok etishganligi, to‘garaklarni belgilangan tartibda olib borilayotganligi sababli shahar maktablari ichida yashil hududga kirgan hisoblanadi.
Respublikada ilk marotaba Samarqand viloyatida “O‘zbekiston Yoshlar Forumi-2021” doirasida xorijiy tillarni o‘rganishni targ‘ib etish bo‘yicha “Chet tillar”  forumi tashkil etildi. Ushbu tadbirda 43-IDUM o‘quvchilari faol ishtirok etishib, 10 dan ortiq Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Shuningdek,  maktab o‘quvchilari sportning kurash, taekvando, shashka, shahmat, futbol  turlari bo‘yicha faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, musoboqaning viloyat va Respublika tashkilotchilari tomonidan Faxriy yorliq va estalik sovg‘alari bilan taqdirlanib kelishmoqdalar.