Mardanov Eshim Muratovich

Kafedra mudiri,
p.f.n.dotsent


+998 (66) 222-69-27

mardanoveshim @gmail.com

+998 (66) 222-69-27

Tarjimai hol


1950-yil 10- oktyabr Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani uyurug‘ul qishlog‘ida tug‘ilgan.

1967-yili Pastdarg‘om tumanidagi 19-maktabni bitirib 1970-yil SamDUPI fizika-matematika fakultetiga o‘qishga kirib,1974 yilda matematika ixtisosligi bo‘yicha bitirgan.

1980-1985 yillarda Samarqand davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi.

1985-1988 yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti aspiranti.

1988-1992 yillarda Samarqand davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi lavozimlarida ishlagan.

1992-1999 yillarda SamDU «Ehtimollar nazariyasi va matematika o‘qitish metodikasi» kafedrasi dotsenti.

1999-2015 yillarda SamDUning mexanika-matematika fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

2018 yildan buyon SamDU Maktabgacha ta’lim fakulteti Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri.

2020-yil 11-12 noyabr kunlari "Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishda ilmiy-amaliy innovatsiyalarning pedagogik ahamiyati" mavzusida xalqaro ilmiy anjuman tashkilotchisi va tahririyat a’zosi.

Ilmiy tadqiqot ishlari natijasida 70 ga yaqin ilmiy maqolalar, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 1 ta monografiya, 1 ta bibliografik ko‘rsatkich muallifidir.

Oilali. 4 nafar farzandi bor.