Muminova Zarifa 04.06.1984-yili Samarqand shahrida tug’ilgan. 1991-2001 yillari maktabni tamomlagandan so’ng, Samarqand davlat universitetiga talabalikka qabul qilingan. 2005-yilda Samarqand Davlat universitetini tamomlagandan so’ng Samarqand davlat universiteti magistraturaasiga va “Sharq falsafasi va ma’naviyat” kafedrasiga o’qituvchi lavozimiga qabul qilingan. 2007-yilda Samarqand Davlat universiteti magistraturasini muvaffaqiyatli tugatgan. 2008-2012 yillar oralig’ida Samarqand davlat universitetning aspiranturasini tugatgan. U 2013-yillardan boshlab kafedra assistenti lavozimida ish olib bordi, ish jarayonida Muminova Zarifa ish koʼnikmalarini mukammal egalladi.
Oʼz ish faoliyati davrida intizomli, bilimga chanqoq, yangilikka intiluvchan va oʼz ustida tinimsiz ishlovchi shaxs ekanligini koʼrsatdi.
Uning 75 dan ortiq ilmiy ishlari mavjud bo'lib, o'z ilmiy faoliyti davomida talabalar uchun mo'ljallangan 1 ta o’quv qo’llanmaning, 1 monografiya va 2 ta jamoaviy monografiyaning, 3 ta uslubiy qo'llanmaning muallifi. Z.Muminovaning 17 ta ilmiy maqolasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan e’tirof etilgan jurnallarda, 2 ta maqolasi Scopus bazasiga kiritilgan jornallarda, 7 ta ilmiy maqolasi Avstriya, Fransiya, Germaniya, Rossiya va AQSH jurnallarida, 10 ta tezisi Bolgariya, Rossiya, Ukraina, Azerbayjan, va Belarus republikanlarida o'tkazilgan halqaro konferensiylarda chop etirilgan va turli sertifikatlar bilan taqdirlangan bo’lsa, 50 dan ortiq tezislari respublika miqyosida o'tkazilgan konferenselarda nashr ettirilgan. U Universitet miqyosida o’tkazib kelinayotgan "Eng yaxshi pedagog" ko'rik tanlovlarida ishtirok etib faxrli o'rinlarni egallagan. Shu qatorda an'anaviy tarzda o'tkaziladigan professor-o'qituvchilar va talabalar ilmiy konferensiyasida ham ma’ruzachi-talabalarga ijtimoiy gumanitar fanlar yo’nalishi bo’yicha rahbarlik qilib kelmoqda.
Z.Muminova viloyat, shahar va universitet miqiyosida o'tkaziladigigan tadbirlarda, tarbiyaviy va tashkiliy ishlarda faol ishtirok etadi. U Samarkand viloyat hokimligining 2021 yil 18 fevral 07-07/321 sonli buyrug’iga asosan Samarqand viloyat "Ma'rifat" targ’ibotchilari jamiyat a’zosi hisoblanadi. Z.O.Muminova universitetda ish faoliatidan ajralmagan holda viloyat, shahar va universitet miqiyosida o’tkaziladigan manaviy-ma'rifiy tadbirlarida bevosita ishtirok etib keladi.
Z.O.Muminov "Olima ayollar" uyushmasi Samarkand viloyat bo’limi tomonidan viloyat miqyosida ma'naviy, ma'rifiy, madaniy, siyosiy, huquqiy, g’oyaviy, tarbiyaviy mavzularda tashkil etilib kelinayotgan turli tadbirlarda faol qatnashib kelmoqda. Hususan, uyushmaning viloyat bo’limi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Ilm yulduzlari" ko’rik tanlovida 2019 yilning "Eng mohir milliy qadriyatlar targ’ibotchisi“ deb topildi. Bundan tashqari 2021 yil 11 avgustda tasdiqlagan Samarkand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Dsc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar tarkibiga kiritilgan. Shuningdek Muminova Zarifa O’zbekiston Respublikassi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi Samarqand davlat universiteti 2020 yil 5 noyabrdagi 431-ij sonli Mutahassislik fanlari bo’yicha malakaviy va maxsus imtihonni tashkil etish va o’tkazish to’grisida qaroriga asosan 09.00.02-Ong, madaniyat va amaliy shakllari ixtisosligi bo’yicha mutaxassislik fanidan malakaviy imtihon qabul qilish komissiyasi a’zosi, bundan tashqari, "Zamonaviy falsafaning ontologik muammolari", "Fan falsafasi, texnika falsafasi " fanlari bo’yicha qo’shimcha malakaviy imtihon qabul qilish kommissiyasi a’zosi hisoblanadi.
Muminova Zarifa respublika ilmiy-amaliy loyihalari ishtirokchisi. Jumaladan: 2021 yil 2 iyuldan 2022 yil 1 aprelgacha "Mahallallarda ijtimoiy psixologig ko’makka muhtoj oilalarda sog’lom muhitni rivojlantirish" mavzusidagi ilmiy texnik hizmatlar ko’rsatishga oid ho’jalik shartnomasida MIJ a’zosi sifatida faoliyat ko’rsatadi.
Oʼz mehnat faoliyatida Muminova Zarifa muntazam ravishda oʼz ustida ishlaydi, oʼz malakaviy faoliyatini muntazam ravishda takomillashtirib bormoqda. U oʼziga va yonidagilarga nisbatan talabchan, oʼz oldiga qoʼyilgan maqsad va vazifalarni aniq belgilash va uni oʼz vaqtida bajarish, ishchi xodimlarga vazifalarni aniq belgilash, turli masalalarni hal etishda tashabbuskor va ijodiy yondashish xususiyatiga ega, shu bilan jamoadagi sogʼlom muhitni yaratishda koʼmaklashadi, bu esa uning tafsifnomasidagi kuchli tarafi xisoblanadi.
Turmushga chiqqan(oilali), 3 nafar farzandi bor.
Mehnat faoliyati(hozzirgacha qayerlarda ishlagan,faoliyat yuritgan):
-
2001-2005 universitetning bakalvriyat yo’nalishini tamomlagan;
-
2005-2007 universitetning magistratura yo’nalishini tamomlagan;
-
2005-2011 Samarqand Davlat universiteti “Sharq falsafasi va ma’naviyat” kafedrasida o’qituvchi;
-
2008-2012 universitetning aspiranturani tamomlagan;
-
2013-2016 Samarqand Davlat universiteti “Siyosatshunoslik. Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi assistenti;
-
2016-2020 Samarqand Davlat universiteti “Fuqorolik jamiyati va milliy ғoya asoslari” kafedrasi assistenti;
-
2020 yildan TATU Samarqand filialida (PhD) katta o’qituvchi;