Abdurasulov Baxtiyor Ikromovich

Huquqshunos maslahatchi


+998 (66) 222-69-27

+998 (66) 222-69-27

baxtiyor@mail.ru

Tarjimai hol


1972 - yil 10 mart kuni Samarqand viloyatining Kattaqoʼrgʼon tumanida tugʼilgan.

1994 - 2000 yillari Samarqand davlat Universitetining matematika va huquqshunoslik fakulьtetlarini tugatib, matematik va huquqshunos mutaxassisliklariga ega.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 23-iyuldagi 3029-sonli Farmoyishiga asosan fuqarolik ishlari boʼyicha Kattaqoʼrgʼon tumanlararo sudi sudyasi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-fevraldagi 4214-sonli Farmoyishiga asosan fuqarolik ishlari boʼyicha Jomboy tumanlararo sudining raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Oʼzbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy Kengashining 2017 yil 1 iyundagi SOKH-78-III-sonli qaroriga asosan esa Kattaqoʼrgʼon shahar maʼmuriy sudi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Bundan tashqari, sud tizimida sudya katta yordamchisi, sud amaliyoti va statistikasi tahlili boʼlimi boshligʼi, adliya organlari tizimida esa tuman adliya boʼlimi boshligʼi va advokat vazifalarida ishlagan.