Axmedjanova Gulbaxor Faxritdinovna

Axborot resurs markazi direktori


+998 (66) 222-69-27

+998 (66) 222-69-27

AxmedjanovaGulbaxor@uzfi.uz

Tarjimai hol


Men, Axmedjanova Gulbaxor Faxritdinovna, 1965-yil 4-iyulda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ildim. Millatim o‘zbek.
         1971 yildan 1981 yilgacha Samarqand shahar Zavqiy nomidagi 49-o‘rta maktabda o‘qidim.
         1982 yil 10 mart oyidan boshlab S.Ayni nomidagi SamDPIning kutubxonasida ish faoliyatimni boshladim. 1982 yilda Samarqand davlat universitetining tarix fakulteti sirtqi bo‘limiga o‘qishga kirdim.
1988 yilda SamDU Tarix fakultetini muvaffaqiyatli tugatdim.
1982-1992 yy. S.Ayni nomidagi SamDPI kutubxonasida kutubxonachi, katta kutubxonachi va bo‘lim mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdim.
1992 yilda S.Ayni nomidagi SamDPIning faoliyati to‘xtatilganligi va SamDU bilan birlashganligi munosabati bilan SamDU Ilmiy kutubxona jamoasida ish faoliyatimni davom ettirdim.
1996 yildan 1998 yilgacha SamDU Ilmiy kutubxonasida Ilmiy kotib lavozimida ishladim.
1998 yildan 2002 yilgacha SamDU Ilmiy kutubxonasida Ma’lumot-bibliografiya bo‘limi mudiri lavozimida ishladim.
2002 yildan 2017 yilgacha SamDU Ilmiy kutubxona filiali mudiri lavozimida ishladim.
2003-2006 yillarga mo‘ljallangan Dublin shahrining Treniti kolleji va Barselona shahrining Politexnika universiteti kutubxonasi bilan o‘zaro davlat granti bo‘yicha ushbu davlatlarda 2006 yil yanvar oyida bo‘lib, o‘z malakamni oshirib, sertifikat olishga sazovor bo‘lganman.
2017 yildan 2021 yilgacha SamDU Ilmiy axborot-resurs markazining Ilmiy-uslubiy va axborot ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatdim.
2021 yil 2 avgustdan SamDU qoshidagi O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti ARM direktori lavozimiga ishga o‘tdim.
         Oilaliman, 3 nafar farzandim bor.
                                      _______________  G.F.Axmedjanova