Samarqand tuman 51-umum ta’lim maktabi

SamDU O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institut Kafedra mudiri Jiyanqulova Rahima Xayrullayevna


97-391-99-97

97-391-99-97

51-maktab@mail.ru

Maktab tarixi


     51- sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi 1994-yil Yangi ariq mahalla fuqorolari bilan birgalikda  hashar yo’li bilan qurilgan bo’lib birinchi 20-umumiy o’rta ta’lim maktabining filiali sifatida faoliyat boshlagan.
2000-yildan 51- sonli umumiy o’rta ta’lim maktab alohida bo’lib chiqgan.
2000-2008-yilgacha  maktab direktori lavozimida Urunova Nodir Shamsiddinova faoliyat yuritgan.
2008-yildan hozirga qadar direktor lavozimida Toxtasinzoda  Surayyoi  Doniyori faoiyat yuritib kelmoqda. Hozirgi kunda maktabda 40 nafar pedagog xodimlar,  shulardan 22 nafari  ayollar va 18 nafari erkak pedagog xodimlar faoliyat yuritadi. Maktab pedagog xodimlarning 28 nafari oliy ma’lumotli, 4 nafar o‘rta maxsus ma’lumot   , jumladan 1 ta oliy toifali, 1 ta birinchi toifali, 2 ta ikkinchi toifali o‘qituvchilar hisoblanadi. Maktab direktori: Tuxsanzoda Surayyo Doniyori
 1974-yilda tug‘ilgan, 2008  yil 5-sentabrdan maktab direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Ismoilova Ruxsora Salimovna shu yildan O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari:  Ismoilova Ruxsora Salimovna, 1984-yilda tug‘ilgan, ushbu lavozimda 2021-yildan buyon ishlab kelmoqda. Narzulloyev  Fayzullo Melikovich, 1979 yilda tug‘ilgan, ushbu  MMIBDO‘ lavozimda 2018-yildan buyon ishlab kelmoqda
.O‘quvchilar to‘g‘risida ma’lumot: Jami maktab o‘quvchilari 576 nafar bo‘lib,  o‘quvchilarning 262 nafari o‘g‘il bolalar, 314 nafari qiz bolalar. O‘quvchilar sinflar kesimida: 1-sinflarda 43  nafar o‘quvchi, 2-sinflarda  48 nafar, 3-sinflarda 57 nafar, 4-sinflarda 61 nafar, 5-sinflarda 65 nafar, 6 sinflarda 51  nafar, 7 sinflarda 46 nafar, 8 sinflarda 36 nafar, 9 sinflarda 47 nafar, 10 sinflarda 12 nafar, 11 sinflarda 52 nafar o‘quvchilar bor. Maktabda 1 ta kompyuter sinfi mavjud bo‘lib, jami 16 ta kompyuter bilan ta’minlangan.. Umumta’lim maktabining eng tajribali va mahoratli o‘qituvchilarini pedagogik yutuqlarini ommalashtirish, ularning ko‘rgazmali darslarini tashkil qilish.Maktabda faoliyat ko‘rsatayotgan birinchi toifali malakali o‘qituvchilarning ko‘rgazmali darslarini tashkil etish va ularni ommalashtirish haqida rejalar ishlab chiqildi. 

 Samarkand tuman  51-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘qituvchilarga uslubiy yordam ko‘rsatish borasida 2021 yil 24 noyabr kuni 51- maktab pedagogik kengashida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga qilgan Murojaatnomasi mazmun va mohiyati tahlil qilindi va bundan kelib chiqadigan vazifalar belgilandi. Jumladan  Tuxsanzoda Surayyo Doniyori so‘zga chiqib, “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining magistratura va doktoranturasida o‘qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshirilishini, raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida Toshkent shahrida alohida universitet tashkil etilishini, xususiy oliygohlarga ham kerakli mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasi berish tizimi yo‘lga qo‘yilishini ta’kidladi va bu maktab o‘qituvchilari bilan fikr almashinildi. Yig‘ilishda yuqori sinf o‘quvchilarining darsga qiziqishlari oshirish va oliy o‘quv yurtlariga kirish ko‘rsatkichlarini oshirish yuzasidan navbatdagi vazifalarni belgilab olindi. Murojaatnomada yangi davr o‘qituvchisi qanday mas’uliyatli bo‘lishi va ta’lim tizimida bo‘layotgan islohotlarni  amalga tadbiq qilish qay darajada muhimligi alohida jamoaga o‘qtirildi va XT Vazirligi tomonidan o‘tkazilgan selektor yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar bilan yaqindan tanishtirilib,   o‘qituvchilar dunyoqarashini shakllantirish, bu – zamonaviy pedagogning asosiy burchi ekanligi haqida tavsiyalar berildi.

Respublikada 7535-o’rinda turadi.

Viloyatda-1054

Tumanda-72