Samarqand tuman 56-umumiy o'rta ta’lim maktabi

SamDU O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institut kafedra mudiri Shodiyev Faxridin Teshayevich


97-576-29-22

97-576-29-22

samshahar56@umail.uz

Maktab tarixi


     1988-1989 yillarda Samarqand shahar “Tazar” mahallasida Akram ismli  kishi yashagan edi. U kishining 1980-yillarda  katta bog'i bo'lib,  bu atrofda  maktab  yo'qligi sababli  Yuriy Markovich tashabbusi bilan maktab dargohi sifatida ishga tushirilgan.Mahalla bolalari ham bu dargohda ta’lim-tarbiya olishgan.Maktabga Ismatulla Raxmatullayev nomi berilgan. Maktab 1176 o'rindan iborat bo'lib barcha sharoitlarga ega rus o'zbek tojik sinflar mavjud edi.
   11 yillik maktab davrida birinchi bo’lib Yuriy Markovich maktab rahbari bo’lgan. 
   1992 yildan   boshlab maktabga Jumayev Istam rahbar bo'ldi.
   1993 yildan Ma'sumov Olim Fatxuddinovich   rahbar bo'ldi.
   1996 yildan Jalolov Rabbim Qosimovich direktorlik qildi.
   2007 yildan Nasriddinova Gulbahor rahbar bo'ldi.
   2009 yildan Tuxliyev Baxriddin Suyunovich rahbarlik qildi.
   2011 yildan Jalolov Rabbim Qosimovich direktorlik qildi.
   2014 yildan hozirga qadar Sadikova Zebiniso Alimovna rahbarlik qilib kelmoqda.   
   2018  yil maktab qayta ta’mirlash va rekonstruksiya qilish dasturiga tushgach, 2020 yilda  davom ettirildi .
2020 yil sentabr oyidan boshlab yangi binoda ta’lim-tarbiya olishni boshladilar. Hozirgi maktab binosi zamonaviy sinf xonalariga ega, laboratoriya jihozlari, kompyuter, kutubxona, sport zal va maydonlari mavjud. Maktab tevarak atroflari obodonlashtirilgan, ko’kalamzorlashtirilgan, terak, manzarali daraxtlar, gullar, mevali 
daraxtlar bilan o’ralgan.Shu yillar mobaynida bir qator fidoyi pedagoglar maktabning ta’lim-tarbiya ishlari va rivojiga ulkan o’z hissalarini qo’shishgan.

Maktabning Respublika, viloyat, shahar miqyosidagi reytingi 2020-2021 yilgi:

Respublikada:  7804-o'rinda

Viloyatda:   1092-o'rinda

Shaharda:   125-o'rinda