Maktab tarixi
Samarqand shahar 66-umumiy o’rta ta’lim maktabining tashkil etilish tarixi
1930-1932 yillarda Samarqand shahar “Xazora” mahallasida Jurabekboy ismli boy kishi yashagan edi. U kishi 1938-yillarda Afg’onistonga ko’chib ketganligi tufayli, uning hovlisi Davlat tomonidan musodara etilib, bu hovli 4 yillik o’quv dargohi sifatida ishga tushirilgan. Urush yillarida mahalla bolalari qatorida, yetim qolgan boshqa mahalla bolalari ham bu dargohda ta’lim-tarbiya olishgan.
4 yillik maktab davrida birinchi bo’lib G’ani Raximov maktab rahbari bo’lgan. Bir necha yillar o’tib, 7 yillik maktab bo’lgan. Bu davrda esa Valentina Nikolayevna Burnasheva maktabga rahbarlik qilgan.
1960 yillarda Samarqand tumaniga qarashli Oybek nomli 61-sonli 8 yillik maktab bo’lgan. Maktabda o’quvchilar soni ko’payib borgach, maktab qo’shimcha binoga ehtiyoj sezgan. Ota-onalar va homiylar tomonidan qo’shimcha sinf xonalari tashkillashtirilgan.
1988-yilda maktab Samarqand shaharga qarashli Oybek nomli 66-o’rta maktab bo’lgan. Maktabda Saida Rizayevadan so’ng Norchuchuk Sultanova rahbarlik qilgan.
1994 yilda boshlab maktab eski binodan “Xazora” mahallasida joylashgan bolalar bog’chasi binosiga vaqtinchalik ko’chirildi. 2005 yil maktab qayta ta’mirlash va rekonstruksiya qilish dasturiga tushgach, 2006 yilda maktabning yangi zamonaviy binosi qurildi.
2007 yil sentabr oyidan boshlab yangi binoda ta’lim-tarbiya olishni boshladilar. Hozirgi maktab binosi zamonaviy sinf xonalariga ega, laboratoriya jihozlari, kompyuter, kutubxona, sport zal va maydonlari mavjud. Maktab tevarak atroflari obodonlashtirilgan, ko’kalamzorlashtirilgan, terak, manzarali daraxtlar, gullar, mevali daraxtlar bilan o’ralgan.
Shu yillar mobaynida bir qator fidoyi pedagoglar maktabning ta’lim-tarbiya ishlari va rivojiga ulkan o’z hissalarini qo’shishgan.
Maktabning Respublika, viloyat, shahar miqyosidagi reytingi 2020-2021 yilgi:
- Respublikada 7704-o'rinda
- Viloyatda 1062-o'rinda
- Shaharda 65-o'rinda