Samarqand shahar 23-umumiy o'rta ta'lim maktabi

SamDU O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti kafedra mudiri Raxmonov Nasriddin Nomozovich


+99899-66 236 20 51

+99899-66 236 20 51

samshxtb23@uMail.uz

Maktab tarixi


     Samarqand sharidagi  23 - umumta’lim maktabi 1976 yil qurilgan bo‘lib, 2023 yilda  to‘liq kapital rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.  Maktab 360 nafar o‘quvchiga  mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda maktabda 587 nafar o‘quvchi-yoshlar tahsil olmoqda. Jami pedagoglar soni 43 nafar. 

Maktab o‘qituvchi-pedagoglarning 34 nafari ayollar, 9 nafari erkaklar. Pedagoglarning 42 nafari oliy ma’lumotli, 1  nafari o‘rta maxsus.

Maktab salohiyati:

Oliy toifali o‘qituvchi yuq;

1-toifali o‘qituvchi3 nafar;

2-toifali o‘qituvchi8 nafar;

32 nafar mutaxassis o‘qituvchi.

Nomutaxassis o‘qituvchilar soni: mavjud emas.

O‘qituvchilarning chet tilini bilish darajasi qoniqarli. Xorij tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikat olgan pedagoglar soni: mavjud emas.

2020-2021 o‘quv yilida maktabni 53 nafar o‘quvchi tamomlagan, shulardan 2nafar(4 %)i OTMga o‘qishga kirgan.

2021-2022 o‘quv yilida maktabda 11- sinfni 36 nafar o‘quvchi bitiradi, shundan 24 nafari o‘g‘il, 12 nafari qiz.

Kompyuter sinflari axvoli: Maktabda 1 ta kompyuter sinfi mavjud.

Shundan internetga ulangan:Faqat rahbariyat xonalariga internet ulangan.

Maktabda laboratoriya xonasi: jihozlar ma’naviy eskirgan.

ARM fondi: kutubxonada 816 ta badiiy kitob bor.