Samarqand shaxar 22-umum ta’lim maktabi

SamDU O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti kafedra mudiri Boltayev Baxtiyor Rustamovich


97-926-88-59

97-926-88-59

22-maktab@mail.ru

Maktab tarixi


     Samarqand shar 22-umumiy o’rta ta’lim maktabi 1936 yilda 8 va 16 maktablar bazasi asosida tashkil etilgan. Quvvati 560 o’quvchiga moslashgan. 1936-1937 o’quv yillarida maktab 1 ta 2 qavatli binodan tashkiltopgan bo’lib, 13 ta sinf xonasi mavjud edi.Samarqand shahar 7-son bolalar uyi binosida joylashgan 8-maktabga o’quvchularning o’qishga bo’lgan qiziqishining o’sishi sabali sinf xonalari yetishmasdi. Yosh o’qituvchi G’iyosov Nurmuhamad Qobilovich bilan yangi maktab qurilishiga ruxsat olishga erishadi. Yangi maktabni qurish mashaqqatli edi. G’iyosovning o’zi qurilish ishlariga, ishchilarga faol ko’makdosh edi. Nihoyat, 2 qavatli yangi maktab binosi qad rostladi. Yangi maktabning direktori etib G’iyosov Nurmuhamad Qobilovich tayinlandi.1936-37 o’quv yilida 18 nafar o’qituvchi faoliyat ko’rsatgan, ulardan: E. Shodizoda, N.F. Taranenko, M.N. Po’latova, K. Alimov va boshqalar.O’qituvchi M.N. Pulatovaning maktab ochilishi kunidagi taasuroti quyidagicha:“1-sentabr  kuni sinf  xonalaridan bo’yoq hidi anqib tursa ham, biz darslarni boshlashga qaror qildik. Havo yaxshi edi, biz partalarni o’rik daraxtlari tagiga joylashtirib, o’quvchilar bilan dars o’tdik”. 1936 yil 1 sentabrda maktabda 13 sinfda 426 nafar o’quvchi ta’lim olishgan.1941 yil 1 sentabrda maktab binosida harbiy gospitalga aylantirildi, urushda yaralanib, Samarqandga evakuatsiya qilingan harbiylar joylashtirilgan. Maktabning 1-4 sinf o’quvchilari 3-maktabga, 5-10 sinf o’quvchilari 8 va 28 maktablarga ko’chirilgan.1943 yilda maktabda yana o’qish boshlangan. Maktabda faoliyat ko’rsatgan quyidagi jonkuyar ustozlar: M. Narziqulov, A. Salahitdinov, A.Saidov, A.Muhamedjonov, M. Nagorev, A.Alimov, Qulizoda Ishanqul, A.Shahidi va boshqalarning samarali mehnatlari tufayli shahar miqiyosida eng nufuzli ta’lim muassasalari qatoridan o’rin olgan.
Maktabning respublika viloyat shahar miqyosidagi o’rni 2020-2021o’/y
Respublikada -7597   11.7%
Viloyatda -1043
Shaharda - 92