Bugun Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga Xitoy Xalq Respublikasi Shaansi provinsiyasi Sian shahri madaniyat va turizm bo'limi direktori o'rinbosari Zuo Duong boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Institutimiz rektori Shaxzoda Negmatova Sian shahri madaniyat va turizm bo'limi direktori o'rinbosari Zuo Duong bilan uchrashib, ikki taraflama hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashdi.
Xususan, kelgusida Xitoyning Sian shahrida joylashgan oliy taʼlim muassasalari bilan ilmiy-amaliy aloqalarni yoʻlga qoʻyish, ular bilan birgalikda turli tadqiqotlar, professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvini tashkil etish kabi muhim sohalarda oʻzaro kelishuvga erishildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutida Syan va Samarqand shaharlari oʻrtasida madaniy-gumanitar almashinuv bazasini aks ettiruvchi ramziy belgi oʻrnatildi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz