Boltayev Zayniddin Boltayevich

O‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i


+998 (66) 222-69-27

+998 (66) 222-69-27

zayniddinboltayev@mail.ru

Tarjimai hol


17.02.1981-yili Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug’ilgan 1988-1998 yillari maktabni tamomlagandan so’ng 1998 -yilda Samarqand davlat universiteti Jismoniy madaniyat yo‘nalishiga davlat grant asosida qabul qlingan. Universitetni 2002- yil muvaffaqiyatli toʼgatgandan soʼng Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ish boshladi. 2004-2006 yillarda Samarqand davlat universitetining magistratura bo‘limida tahsil olgan. 2006-yildan boshlab Samarqand davlat universitetini Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasida assistant, 2011-yildan kafedra mudiri, 2012-2016 yillarda fakultet o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari,2016-2018 yillarda kafedra dotsenti, 2019-2020 yillarda kafedra professori, Oʼz ish faoliyati davrida intizomli, bilimga chanqoq, yangilikka intiluvchan va oʼz ustida tinimsiz ishlovchi rahbar ekanligini koʼrsatdi va 2020-2021 o‘quv yilidan kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan. 2012-yilda «Erkin kurash bo‘yicha bolalar va o‘smirlar sport maktablarida boshlang‘ich tayyorlov guruhlarida o‘quvchilar kontengentini mustahkamlash uchun o‘quv mashg‘ulot jarayonini optimallashtirish» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan  va pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2017 yil 29 mart OAKning(03 № 007802). 236/1 sonli bayonnomasiga asosan dotsent ilmiy invonini olgan. Boltayev Zayniddin Boltayevich O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.27.06.2017.Ped.28.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar aʼzosi hisoblanadi. Boltayev Zayniddin Boltayevich voleybol sport turi bo‘yicha sport ustaligiga nomzod bo‘lib, 2013 yil Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan Universiada sport musobaqalariga jamolarni shakllantirish, jumladan, voleybol jamoasida murabbiylik faoliyatini olib borib musobaqada faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritishgan.  Hozirga qadar Samarqand viloyati oliy o‘quv yurtlari   o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha   o‘tkaziladigan  musobaqalarga  bosh haqam vazifasini bajarib kelmoqda.Shu bilan birga viloyatimiz  talabalaridan iborat  voleybolchi o‘g‘il bolalar jamoasiga murabbiy hisoblanadi.  O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalarini respublika “Talaba” sport uyushmasining  chempionatida muntazam ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Bugungi kungacha Boltayev Zayniddin Boltayevich 4 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta  uslubiy qo‘llanma, 3 ta monografiya, 90 dan ortiq ilmiy makolalar tayyorlab, o‘quv jarayoniga tadbiq etgan. Bundan tashqari, xalqaro anjuman va respublikadagi ilmiy-amaliy jurnallarda doimiy maqolalari bilan ishtirok etib, jismoniy maʼdaniyat va sport sohasini rivojlanishiga amaliy yordam berib kelmoqda. Zayniddin Boltayev o‘zining jismoniy tarbiya va sportdagi tajribalari, siyosiy jihatdan savodliligi, kamtarin, halol inson, yaxshi oila boshlig‘i, Samarqand viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi jamoasi o‘rtasida  hurmatga sazovor. Uylangan, 3 nafar farzandi bor.