Samarqand shaxar 40-umum ta’lim maktabi

SamDU O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institut Fakultet dekani Zoxidova Sanoat Raxmonovna


90-213-37-22

90-213-37-22

40-maktab@mail.ru

Maktab tarixi


     Samarqand shahridagi 40-umumiy o‘rta ta'lim maktabi 1975 yil qurilgan bo`lib, doimo davlat dasturi asosida ta’mirlannib kelingan. Hozirgi kunda maktabda 88 nafar pedagog xodimlar,  shulardan 64 nafari  ayollar va 24 nafari erkak pedagog xodimlar faoliyat yuritadi. Maktab pedagog xodimlarning 88 nafari oliy ma'lumotli,  o‘rta maxsus ma'lumot  yuk , jumladan 3 ta oliy toifali, 8 ta birinchi toifali, 28 ta ikkinchi toifali o‘qituvchilar hisoblanadi. Maktab direktori: Sadikova Saodat Ravshanovna, 1979-yilda tug‘ilgan, 2016  yil 2-iyuldan buyon maktab direktori lavozimida ishlab kelmoqda. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari:  Usmonova Nilufar Saloxiddinovna, 1984-yilda tug‘ilgan, ushbu lavozimda 2017-yildan buyon ishlab kelmoqda. Muxtorova Nargiza Suyunovna, 1979 yilda tug‘ilgan, ushbu  MMIBDO‘ lavozimda       2019-yildan buyon ishlab kelmoqda. Xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari: Normuminov Elyor Isroilovich, 1992 yil tug‘ilgan, 2019 yildan buyon ishlab kelmoqda.O‘quvchilar to‘g‘risida ma'lumot: Jami maktab o‘quvchilari 1540 nafar bo‘lib,  o‘quvchilarning 791 nafari o‘g‘il bolalar, 749 nafari qiz bolalar. O‘quvchilar sinflar kesimida: 1-sinflarda 138 nafar o‘quvchi, 2-sinflarda  163 nafar, 3-sinflarda 157 nafar, 4-sinflarda 161 nafar, 5-sinflarda 161 nafar, 6 sinflarda 161  nafar, 7 sinflarda 137 nafar, 8 sinflarda 136 nafar, 9 sinflarda 117 nafar, 10 sinflarda 87 nafar, 11 sinflarda 122 nafar o‘quvchilar bor. Maktabda 1 ta kompyuter sinfi mavjud bo‘lib, jami 1 ta kompyuter bilan ta'minlangan.. Umumta'lim maktabining eng tajribali va mahoratli o‘qituvchilarini pedagogik yutuqlarini ommalashtirish, ularning ko‘rgazmali darslarini tashkil qilish. 40-umumiy o‘rta ta'lim maktabida jami: 88 nafar pedagog xodimlar,  shulardan 64 nafari  ayollar va 24 nafari erkak pedagog xodimlar faoliyat yuritadi. Maktab pedagog xodimlarning 88 nafari oliy ma'lumotli, jumladan 3 ta oliy toifali, 8 ta birinchi toifali, 28 ta ikkinchi toifali o‘qituvchilar hisoblanadi. Toifasi yo‘q mutaxassis o‘qituvchilar – 49 nafar.Maktabda faoliyat ko‘rsatayotgan birinchi toifali malakali o‘qituvchilarning ko‘rgazmali darslarini tashkil etish va ularni ommalashtirish haqida rejalar ishlab chiqildi.Maktabda Rashidova Mubina   oliy toifali rus tili fani, Xaydarova Zuxro boshlangich rasm fani ukituvchisi ,Karimova Dilshoda tarix fani  o‘qituvchisi hisoblanib, hozirgi kunda ishlari shaxar va viloyat miqyosida ommalashtirilgan.Samarkand shaxar  40-umumiy o‘rta ta'lim maktabida ta'lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘qituvchilarga uslubiy yordam ko‘rsatish borasida 2021 yil 9 noyabr' kuni 40- maktab pedagogik kengashida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga qilgan Murojaatnomasi mazmun va mohiyati tahlil qilindi va bundan kelib chiqadigan vazifalar belgilandi. Jumladan  N.Usmonova  so‘zga chiqib, “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining magistratura va doktoranturasida o‘qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshirilishini, raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida Toshkent shahrida alohida universitet tashkil etilishini, xususiy oliygohlarga ham kerakli mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasi berish tizimi yo‘lga qo‘yilishini ta'kidladi va bu maktab o‘qituvchilari bilan fikr almashinildi. Yig‘ilishda yuqori sinf o‘quvchilarining darsga qiziqishlari oshirish va oliy o‘quv yurtlariga kirish ko‘rsatkichlarini oshirish yuzasidan navbatdagi vazifalarni belgilab olindi. Murojaatnomada yangi davr o‘qituvchisi qanday mas'uliyatli bo‘lishi va ta'lim tizimida bo‘layotgan islohotlarni  amalga tadbiq qilish qay darajada muhimligi alohida jamoaga o‘qtirildi va XT Vazirligi tomonidan o‘tkazilgan selektor yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar bilan yaqindan tanishtirilib,   o‘qituvchilar dunyoqarashini shakllantirish, bu – zamonaviy pedagogning asosiy burchi ekanligi haqida tavsiyalar berildi.