SamDU O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institut kafedra mudiri Eshnazorov Juraqul Eshnazarovich
90-191-30-67
90-191-30-67
samtumedu36@gmail.com
Samarqand tuman XTBga qarashli 36-umumiy o’rta ta’lim maktabining tashkil etilish tarixi 1913-1917-yillarda Samarqand tumanida 36-umumiy o’rta ta’lim maktabi qurilgan. Maktab sifatida ishga tushgan bu dargohda 1927 yildan ta’lim olina boshlangan. Maktab 4 yillik ta’lim dargohi sifatida ish boshlab keyinchalik 7 yillik ta’lim yo’lga qo’yildi. Shu yillari maktabda X.Soliyev director vazifasida ishlagan. Undan so’ng Axmadjonov Maxmud ham director lavozimida haoliyat yuritgan. Shu paytlarda kechki maktab ham ochildi. Maktab dargohida o’quvchilar soni ko’payishi natijasida maktab filiali ham ochildi. Shu filial II jahon urushi davrida evakuatsiya qilinganlar uchun yotoq qilib berilgan.Maktabga 1953 yillarda Yaxshiyev Ma’sud direktorlik qilgan. Shu bilan birgalikda maktabda Turdiyev Rashid, Quddusova Zuxra ham direktorlik qilgan 2005 yildan maktabda Isroilov Azamat direktorlik lavozimida faoliyat yuritgan. Yangi maktab binosi 2007 yilda qurulib ishga tushgan. 2012-2013 yillarda Burxanov Muxtor director vazifasida ishlagan.
2014-2018 yillarda Valixodjayev Feruz 2018 yil yanvar oyidan boshlab maktab direktorlik lavozimida Abdurashidov To’xtamurod faoliyat yuritib kelmoqda.
Hozirgi maktab binosi zamonaviy sinf honalariga ega labaratoriya jihozlari, kompyuter, kutubxona va sport zal mavjud, maktab tevarak atroflari ko’kalamzorlashtirilgan manzarali va mevali darxtlar, gular bilan o’ralgan. Shu yillar mobaynida bir qator fidoiy pedagoglar maktabning ta’lim tarbiya ishlari va rivojiga ulkan o’z hissalarini qo’shgan.
Maktabning Respublika, viloyat, tuman miqyosidagi reytingi 2020-2021 yilgi
•Respublikada 8307
•Viloyat 811
•Tumanda 51
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz