Maktab tarixi
Ushbu maktab 2001¬yilda tashkil topgan bo‘lib, 2001 yildan 2007 yilgacha Samarqand shaxar 51-IDUMning filiali bo‘lb faoliyat topgan, 2007 yildan boshlab alohida ajralib chiqib, keyin unga 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi deb nomlanadi. Bu maktabning ochilishiga o‘z hissasini qo ‘shgan MFY raisi sobiq Turdi G‘aniyev va Sug‘ro Musinovalardir. Birinchilardan bo‘lib, 2001-2004-yillarda maktab direktori lavozimida Sug‘ro Musinova, 2004-2007-yilgacha Lola Soliyevna, 2007-2008-yilgacha Muattar Qurbonovna, 2009-211-yilgacha Sayyora Shakirovna, 2011-2013-yilgacha Yodgorov Shukurovich, 2013-2015-yilgacha Nodir Suvonov, 2015-1016-yilgacha Jamshid Yaxshiboyev, 2018-yildan buyon Allanazarov Abduqodir Eshqulovich faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunda maktabda 46 nafar ishchi xodimlar faoliyat olib bormoqda hamda 405 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda. Maktabning joylashgan hududi: Samarqand shahar “Matonat” mahallasidagi Sayxun ko‘chasi 10-uyda joylashgan.
Hozirgi makatab binosi zamonaviy sinf xonalriga ega laboratoriya xonalariga ega kompyuter, kutubxona, sport zal maydonlari mavjud. Maktab tevarak atroflari maydonlar ko`kalamzorlashtirilgan, tevarak manzaralari daraxtlar va gullar bilan o`ralgan. Shu yillar davomida bir qator fidoiy pedagoglar maktabning ta`lim tarbiya ishlariga va rivojiga ulkan o`z hissalarini qo`shib kelmoqda.