SamDU O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Katta o'qituvchisi Mo'minova Zarifa Odilovna
97 251 30 36
97 251 30 36
97 251 30 36
43-maktab 1932-yil hashar yo`li bilan hozirgi “Ahillik” mahalla(sobiq Samarqand rayon Kattaqurg`on ariq Selsoveti) hududida uch xona, bir ayvondan iborat bino quriladi. Maktab binosi paxsadan, usti somon loy bilan shuvalgan bo‘lib,7-sonli o`rta maktabning boshlang`ich maktab filiali sifatida o’z faoliyatini boshlagan. Maktabda Bagirova Maharram Qobuljon qizi rahbar bo’lib ishlagan. 1945-1946 yillar 43-son o`rta maktabga 1954-1955 yillarida yana 2ta xona qurilib rahbariyat tayinlanadi. 1956-1957 yillarda sinflarga yana ikkita sinflar qo`shilib boshlang`ich va 8-sinflar tashkil etiladi. Bu orada 1960 yil Muso Mamedov direktor bo`lib, shu eski binolarga qo`shimcha 1962-1963-yillar 4ta sinf xonasi va oshxona hamda o`qituvchilar honasi quriladi. 1970-yil maktabni Nurmuhammad Mamadaliyov rahbar sifatida ish boshlaydi. Rahbarlik faoliyati davomida maktabda sport maydoni qurdirgan. Shu davrda Turob Tolibov maktabning o‘quv ihlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari va 1972-yil X.G‘ulomov ishchi yoshlar kechki maktabi direktori bo‘lib ishlab keladi va bu kechki maktabda bir necha yil faoliyat yuritadi. 1970 yillarda maktab binosi kengaytirilb, 10 yillik ta’lim tizimida faoliyat yurita boshlaydi. Shu yillarda 43-sonli maktab Samarqand tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidan, Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufiga o‘tkaziladi va Samarqand shahar Maqsud Shayxzoda nomidagi 53-maktab bo‘lib yuritiladi. 1993-2005 yillarda maktab qayta quriladi. 2006 yil 1 apreldan boshlab yangi binoda ta’lim-tarbiya olishni boshlaydilar. Hozirgi maktab binosi 21-sinf xonalarga ega, kompyuter, kutubxona, sport zal, oshxona va maydonlari mavjud. Maktab atroflari obodonlashtirilgan va ko‘kalamzorlashtirilgan.
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz