Boltayev Baxtiyor Rustamovich

Musiqa ta'limi kafedrasi mudiri,
katta o‘qituvchi


+998 (66) 222-69-27

boltayev1981@bk.ru

+998 (66) 222-69-27

Tarjimai hol


1981-yil 14-fevral kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumani, Loyish shaharchasida tug‘ilgan.

1987-1998 yillarda Oqdaryo tumanidagi 20-o‘rta umuta’lim maktabda a’lo baholarga o‘qib bitirishi bilan birga tumandagi musiqa maktabida akkordeon sinfida ham o‘qigan.

1999-2003 yillarda  Alisher Navoiy nomidagi SamDUning musiqa fakultetini "musiqa o‘qituvchisi" ixtisosligi buyicha tahsil olib bitirgan.

2003-yil musiqa ta’limi fakulteti cholg‘u ijrochiligi kafedrasida konsertmeystr  sifatida ishlagan.

2004-2006 yillarda Alisher Navoiy nomidagi SamDUni Magistratura bo'limini "Musiqa ta’limi" ixtisosligi bitirib magistrlik dessertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, magistr darajasi diplomiga  ega bo‘lgan.

2006-yildan 2018-yilgacha musiqa o‘qitish metodikasi kafedrasida asistent lavozimida faoliyatini davom ettirgan.

2018-yildan shu kungacha katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelgan.

2021-yil noyabr oyidan O’zbekiston-Finlyandiya Pedagogika Instituti, San’atshunsolik fakulteti, Musiqa ta’limi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Oilali. 3 nafar farzandi bor.