Abduvohidov Safarboy Niyozmatovich

Tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi,
dotsent


+998 (66) 222-69-27

Safar4065@mail.ru

+998 (66) 222-69-27

Tarjimai hol


1943-yil 20-mayda Samarqand viloyati, jomboy tumanidagi Eski Jomboy qishlog’ida dehqon oilasida tavallud topgan.

1950-1960-yillar davomida o’rta maktabda tahsil olgan.

1960-1962-yillarda Toshkent va Samarqand shahridagi qurilishda mehnat qilgan.

1962-yil Samarqand davlat universiteti talabasi bo’ldi.

1964-1967-yillar mobaynida muddatli harbiy xizmatni o’tagan.

1970-yil universitetni tamomlab Bulung’ur tumanida 5-son o’rta maktabida geografiya o’qituvchisi yo’llanmasini oldi.

1972-yil sentabr oyida SamDUning pedagogika kafedrasiga ishga taklif qilindi va o’z faoliyatini boshladi.

1982-yil 5-mayda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1998-2000 yillar mobaynida M.Behbudiy nomidagi Samarqand viloyati pedagogik xodimlar malakasini oshirish institutida pedagogika-psixologiyasi kafedrasi mudiri sifatida faoliyat ko’rsatgan.

2000-2005 yillar davomida SamDU geografiya fakultetida "Geoekologiya va umumiy tabiiy geografiya" kafedrasida dotsent lavozimida ishlagan.

2005-yil 19-sentabrdan Samarqand davlat chet tillar institutida pedagogika-psixologiya va maktabgacha ta’lim kafedrasining mudiri sifatida faoliyat ko’rsatgan.

Oilali, 5 nafar farzandi bor.