O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida maktab bitiruvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya va fizika fanlaridan olimpiada bo‘lib o‘tadi

03-May-2023 1259

Joriy yilning 6-7 may kunlari soat 10:00 da O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida Samarqand viloyati umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya va fizika fanlaridan respublika fan olimpiadasining tuman bosqichida faxrli 1-2-3-o‘rinlarni egallagan iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalari bo‘lib o‘tadi.

Olimpiadada, fan yo‘nalishlari bo‘yicha 1-2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan bitiruvchi sinf o‘quvchilari O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga o‘qishga tavsiya etiladi!

 

Axborot xizmati

1