Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori, professor Sh.Negmatova Samarqand shahridagi “G‘ofur G‘ulom”mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashdi.
Tashrif buyurganlar, yoshlar va ularning ota-onalari bilan samimiy suhbat olib bordi va doimiy tarzda ularga ko‘maklashishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Ba’zi muammolar joyida bartaraf etilgan bo‘lsa, ba’zilari esa hal etish uchun tegishli davlat tashkilotlari bilan birgalikda o‘rganib chiqilib, lozim topilgan taqdirda o‘zining ijobiy yechimini topishi ta’kidlandi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz