O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti delegatsiyasining Finlandiyaga amaliy tashrifi boshlandi

17-Oct-2023 1914

Institutimiz rektori Shaxzoda Negmatova boshchiligidagi delegatsiya Finlandiyaga xizmat safari bilan jo’nab ketgani haqida xabar bergan edik. Mazkur tashrifning birinchi kunida institut rektori Shaxzoda Negmatova Finlandiyaning Turku universiteti marketing bo’limi boshlig’i, menejer Ari Kioski bilan uchrashuv o’tkazdi.  Tashrif dasturiga muvofiq, delegatsiya a’zolari Turku universiteti bilan tanishdilar. 

Shuningdek, “Education” (ta’lim) fakultetining faoliyati o’rganilib, Finlandiya ta’lim tizimi haqida taqdimot namoyish etildi. 

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida fin ta’lim tizimiga asoslangan pedagog kadrlarni tayyorlash maqsadida Turku universitetining o’quv jarayonlarini tashkil etish, boshqaruv strukturasi, shaxslarga emas, ma’lum bir tizimga bog’langan sifatli kadrlar tayyorlash mexanizmlari va boshqa muhim masalalar o’rganildi. Turku universiteti “Teacher education” kafedrasi mudiri Kristina Heikkila bu haqida delegatsiyamiz a’zolariga batafsil ma’lumot berdi.
 
Universitetning xalqaro hamkorlik sohasidagi faoliyati ham batafsil o’rganilib, pedagogik oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni yo’lga qo’yishda qaysi jihatlar muhimligi, fin oliy ta’lim tizimi bilan muntazam ravishda aloqalarni yo’lga qo’yish kabi bir qator muhim masalalar yuzasidan fikrlar almashildi.

 

Axborot xizmati

1