“Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” faoliati davom etmoqda

02-Sep-2023 12525

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 376-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, oliy ta’lim muassasalari rahbariyati, hududiy ichki ishlar bo‘limlari, profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda 2023/2024 o‘quv yilida talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlari samarali tashkil etilgan.

Jumladan, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida talabalar va ularning ota-onalarini kutib olish hamda ularga zarur ko‘rsatma va ma’lumotlar berish uchun “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” doimiy ravishda, ertalab soat 08:00 dan kech soat 20:00 ga qadar faoliyat yuritib kelmoqda. 

Ma’lumotlar markazida grafik bo‘yicha navbatchiliklar tashkil etilgan bo‘lib, har bir fakultetdan bir nafar xodim uchbu markazga biriktirilgan va talabalarning barcha savollariga javob berib kelmoqda. 

 

Axborot xizmati

1