O'zbekiston yoshlar ittifoqi O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti boshlang'ich tashkiloti yetakchiligi uchun hisobot-saylov yig'ilishi bo'lib o'tdi

26-Sep-2022 1772

 Yig'ilishda hay'at kengashi a'zolari sifatida ittifoqning viloyat kengashi raisi o’rinbosari Sattorov Maqsud Mamatqobilovich, institut ma’muriyati, mutassadi xodimlar hamda sanoq komissiyasi, kotibiyat vakillari saylab olinib, ular tomonidan yig'ilishni ochiq deb e'lon qilish taklifi ma'qullandi.

    Avvaliga boshlang'ich tashkilot tomonidan o'tgan o'quv yilida amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglanib, shundan so'ng yetakchilikka nomzodlar:

  1. Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti Yoshlar yetakchisi - F. Mo’minov
  2.  Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti Yoshlar yetakchisi - J. Norbekov
  3. Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti magistiranti - N. Do’stmurodov                                                                                                                                                                                                                                                                                                                     o'zlarining saylov dasturlarini saylovchilarga taqdim etdilar.

Kun tartibiga ko'ra, saylovchilar o'zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdilar.

Yakuniy natijalariga ko'ra, 90,1 % ovoz bilan Do’stmurodov Nursulton Ilhom o'g'li O'zbekiston yoshlar ittifoqi O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti boshlang'ich tashkiloti yetakchisi etib  saylandi.

 

Nursulton Do’stmurodovni  instituti Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchiligiga saylanganligi munosabati bilan tabriklaymiz!

 

Axborot xizmati 

1