O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga Xalqaro va Respublika toifasidagi Kurash sporti namoyondalari tashrif buyurdi

31-Oct-2022 1882

Samarqand viloyati Kurash federatsiyasi ijrochi direktori, Xalqaro toifadagi hakam Ibroxim Karimov, O'zbekistonda Xizmat ko'rsatgan murabbiy, Xalqaro toifadagi hakam Xushvaqt Kafiyev, Samarqand viloyati Kurash sport turi kattalar terma jamoasi bosh murabbiyi Shavkat Isanov, Samarqand viloyati Kurash sport turi yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi G'ulom Mahmudov hamda institutning Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti dekani, professor Baxtiyor Haydarov va fakultet professor-o'qituvchilari kurash ta'lim yo'nalishida tahsil oluvchi talaba-yoshlarga mazkur sport turi bo'yicha seminar-trening mashg'ulotlarini tashkil etdi.

Mazkur seminar-trening yoshlarga mativatsiya bo'ldi desak adashmaymiz.

 

Axborot xizmati

1