Yangi O‘zbekiston – Yangi avlod

23-Nov-2022 2137

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Samarqand viloyat hokimligi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti  “Yangi O‘zbekiston – Yangi avlod” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tqazdi.

Unda institut rahbariyati, professor-o'qituvchilar hamda 500 ga yaqin talabalar ishtirok etdi.

Tadbir dasturiga muvofiq, talabalar tomonidan ishlangan 100 dan ortiq amaliy san’at ko’rgazmalari besh muhim tashabbus doirasida  tashkil etildi. Kelganlarga ko’rgazmadan joy olgan rassomchilik asarlari, hunarmandchilik va to’quvchilik na’munalari taqdim etildi. 

Shuningdek, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan, umummilliy qadriyatlarni o’zida aks ettirgan sahna ko’rinishlari va QVZ jamoalarining hazl-mutoyibalari barchaga birdek xushkayfiyat baxsh etdi.

 

Axborot xizmati

1