San'atshunoslik fakulteti tomonidan tashkil etilgan mazkur ko'rgazmada "Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi" ta'lim yo'nalishi talabalarining 100 ga yaqin san'at asari namoyish etildi.
Unda institut rektori Faxriddin Esanboboyev ishtirok etib, yosh ijodkorlarning ijod namunalarini tomosha qildi. Talabalarning mehnat mahsulini kuzatgan rektor, shunday iste'dodli yoshlar orasidan, albatta san'at ustalari va mohir rassomlar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.
Tasviriy san'atning barcha tur va janrlari asosida chizilgan rasmlar koʻrgazmasi kuzatuvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Axborot xizmati
Manzil: Samarqand sh., Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy
Phone: +998954108015
Email: devonxona@uzfi.uz