Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

14-Jan-2023 2267

Aziz vatandoshlar!

Mard va jasur yurtimiz posbonlari, hurmatli ustoz-murabbiylar hamda dovyurak talabalar! Sizlarni, Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Jonajon O‘zbekistonimiz ravnaqi, sarhadlarimiz dahlsizligi yo‘lida ko‘rsatayotgan mislsiz xizmatlaringizni doimo qadrlaymiz. Sizlarga sihat salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ish va o‘qishlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin deymiz.

Hurmat va ehtirom ila O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti jamoasi

1