San’atshunoslik fakulteti dotsenti Jurayev Hamza Hamroqulovich Respublika miqyosida o‘tkazilgan konferensiya g‘olibi bo‘ldi
16-Jan-2023
2255
Joriy yilning 7-yanvar kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida bo‘lib o‘tgan “Ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlar. Muammo va yechimlar. Ilmiy-amaliy konferensiyasi”da O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti San’atshunoslik fakulteti dotsenti, San’atshunoslik fanlari nomzodi Jurayev Hamza Hamroqulovich “Ilmdagi tashabbuskorligi uchun” nominatsiyasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi hamda “Ilm-fan tashabbuskori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Axborot xizmati